
"Anderlext"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Belgiyaning "Anderlext" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra jamoaga gollandiyalik Fred Rutten ustozlik qiladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tish lozimki, belgiyaliklar dekabrda Xeyn Vanxazebrukni iste’foga chiqarishgan edi.
Ma’lumot uchun, 56 yoshli Rutten faoliyati davomida PSV, "Tvente", "Shalke", "Vitess" va "Feyenoord" klublarini boshqargan.
Fikrlar