“Andijon” Turkiyada o‘ynagan futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 04.02.2019 16:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan, ammo so‘nggi yillarni Turkiyaning turli ligalarida o‘tkazib kelayotgan Asror G‘ofurov joriy mavsumdan faoliyatini O‘zbekiston Superligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Sababi iqtidorli futbolchi yaqinda “Andijon” jamoasi bilan rasman kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Asror G‘ofurov 1995 yil 30 yanvar kuni Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. “Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015 yili G‘ofurov Turkiyaning “Manisaspor” klubiga ko‘chib o‘tgandi. Keyinchalik Asror u erda bir qator jamoalar sharafini himoya qildi.

24 yoshli futbolchi maydonda markaziy yarim himoyachi va o‘ng qanot yarim himoyachisi vazifasini birdek bajara oladi. So‘nggi paytlarda G‘ofurov asosan markaziy yarim himoyachi sifatida o‘ynab kelgan. Uning Turkiyadagi oxirgi jamoasi “Ichelspor” hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!