
Andijon shahrida yangi qilichbozlik saroyi foydalanishga topshirildi
Kuni kecha Andijon shahrida yangi qilichbozlik saroyi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Majmua o‘z ichiga mashg‘ulotlar zali, mehmonxona, trenajyor zallarini olgan bo‘lib, bu erda yoshlar sportning ushbu turi bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar muxayyo etilgan.
Mashg‘ulotlar zalining maydoni 24X42 o‘lchamda bo‘lib unda sakkiztadan o‘ntagacha qilichbozlar maxsus yo‘lakchasini o‘rnatish imkoniyati bor, shuningdek 50 kishilik mehmonxona o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga tashrif buyuradigan sportchilarni qabul qilishga tayyor.
Fikrlar