"Andijon" yangi mavsumda "ADIDAS" kompaniyasi liboslaridan foydalanadi
Yangi mavsumga har jabhada jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan “Andijon” jamoasi bo‘lajak chempionat oldidan bir qator Jahonga mashhur sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi brend kompaniyalar bilan muzokara olib bordi.
"Andijon" jamoasining uy formasi

O‘tkazilgan muzokaralar natijasida “Andijon” futbol klubi rahbariyati 2019 yilgi futbol mavsumi uchun “ADIDAS” brendi mahsulotlaridan foydalanishga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Andijon" jamoasining safar formasi
Ma’lumki, bugungi kunda dunyoning ko‘plab futbol klublari, shu jumladan mamlakatimizning etakchi jamoalari ham aynan “ADIDAS” brendi ekipirovkalaridan foydalanib kelishmoqda. Ushbu jamoalar qatoriga endilikda “Andijon” jamoasi ham qo‘shildi.

Fikrlar