Andre Silva Ibragimovichning natijasini takrorladi

  • 30.09.2018 09:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Sevilya" hujumchisi Andre Silva kecha "Eybar"ga (3:1) qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.

E’tiborlisi, 22 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy mavsum La Liganing barcha 7ta turida ishtirok etdi va ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 7ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Opta nashrining ma’lum qilishicha Silva shu tariqa “Barselona” sobiq forvardi Zlatan Ibragimovichning natijasini takrorladi. Boisi, shvetsiyalik futbolchi ham La Ligaga ko‘chib o‘tgach mavsum startidagi o‘zi ishtirok etgan 7ta o‘yinda 7ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!