Andrey Fyodorov: "Yil o‘yini" nomiga mos uchrashuv bo‘ldi

  • 20 oktabr, 2018, 22:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bugun yaxshi o‘yin bo‘ldi, muxlislar bir-biriga munosib bo‘lgan jamoalarning o‘yinini kuzatishdi. Bahs "yil o‘yini" maqomiga mos kechdi va bu tomoshabinlarga juda ham yoqdi. Ikki jamoaning futbolchilari ham bosimni ilk daqiqalardan so‘nggi soniyalargacha his qilishdi. Bahsgacha raqib bilan o‘tgan kubok o‘yinini taxlil qildik. O‘shanda o‘yinimiz o‘xshamagandi. Uchrashuvdagi kamchiliklarimiz va muammolarimizni o‘rganib chiqdik. Qilingan ishlar ham raqibni mag‘lubiyatga uchratishimizda ancha qo‘l keldi. Yigitlar o‘sha bahsda etishmagan kuchni bu safar o‘zlarida topa olishdi.

Tecno

Asosiysi, muhim g‘alabaga erishdik. Yigitlarga rahmat aytaman, ular o‘yinga ruhiy tomondan ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi", - dedi Fyodorov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!