Anduxar: Messi Argentina terma jamoasiga qaytmasin!
Argentina terma jamoasi va "Estudiantes"klubi darvozaboni Mariano Anduxar terma jamoaning to‘rtta uchrashuvidan chetlatilgan "Barselona" etakchisi Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Messi Argentina terma jamoasiga qaytmasligi kerak, - dedi Mariano Anduxar. - Garchi u terma jamoada o‘ynashni yaxshi ko‘rsa ham ortga qaytmasin. Qaytib nima qiladi, unga yana xushtakbozlik qilishlari uchun o‘ynaydimi? Uni Argentina uchun "Barselona"dagi kabi jong‘jahdi bilan o‘ynamaslikda ayblashadi. Muxlislar o‘zlarida bor o‘yinchini qadrlashmaydi.

Lionel Messi 2018 yilgi jahon chempionatining Chiliga qarshi o‘tkazilgan saralash uchrashuvida hakam yordamchisini haqorat qilgani uchun to‘rtta o‘yinga chetlatildi.

Fikrlar