Angliya kubogi. Ikki bor hisobda oldinda borgan "Everton" quyi liga klubiga imkoniyatni boy berdi
"The Den" stadionida kechgan uchrashuv gollarga boy tarzda o‘tdi va unda sensatsion natija qayd etildi. 43-daqiqada Risharlison o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. Taym so‘nggida esa Li Gregori muvozanatni tikladi.
72-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Jenk Tosun yana mersisaydliklarni hisobda oldinga olib chiqdi, biroq yana oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Jeyk Kuper hisobni tenglashtirdi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan 4-daqiqada esa Morrey Uolles gol kiritib, jamoasining irodali g‘alabasini ta’minladi. Shu tariqa "Milluol" 5-bosqichga yo‘l oldi.

Fikrlar