
Anjelik Kerberga Pekin havosi yoqyapti
Xitoyning Pekin shahrida ayollar o‘rtasida "Premer" turkumiga kiruvchi "China Open" turnirida ikkinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Unda germaniyalik tennischi Anjelik Kerber ispaniyalik Karla Suares Navarro ustidan 7:6, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Kerber musobaqaning 1/8 finalida vengriyalik Timea Babosh, yoki xitoylik Jan Shuayga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar