Anri Fellaynini "Monako"ga taklif qildi
"Monako" klubi bosh murabbiyi Terri Anri o‘z jamoasiga "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maruan Fellaynini olib kelmoqchi.
RMC tarqatgan xabarga ko‘ra Anri allaqachon bu borada belgiyalik futbolchi bilan aloqaga chiqqan va uni mavsum yakuniga qadar ijara asosida “Monako”da o‘ynashga taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, MYu boshqaruviga Ule Gunnar-Sulsher kelgach Fellayni asosan zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. U joriy mavsum 21ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol va 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar