
Antonio mavsum yakuniga qadar "Vest Xem"ga yordam bera olmaydi
Londonning “Vest Xem” klubi yarim himoyachisi Maykl Antonio endi bu mavsumda boshqa maydonga tushmaydi.
U “Suonsi”ga qarshi bahsda jarohat olgan va maydonni tark etgan edi. Shundan so‘ng “bolg‘achilar” bosh murabbiyi Slaven Bilich Antonioning jarohati jiddiy ekanligi va u mavsum so‘nggiga qadar jamoaga yordam berolmasligini aytdi.
“Antonioning jarohati jiddiy va u bu mavsumda boshqa maydonga tusholmaydi. Bu biz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Boisi Maykl jamoamizning asosiy futbolchilaridan biri edi”, - deydi xorvatiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Maykl Antonio joriy mavsum premer-ligada “Vest Xem”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgan edi. Uning hisobida 9ta gol mavjud.
APL. “Liverpul”dan irodali, “Vest Xem”dan kichik g‘alaba va boshqa natijalar
Agar "Vest Xem" "Suonsi"ni yuta olmasa, Bilich iste’foga chiqariladi
Fikrlar