Anzur Ismoilov APL futbolchisi bilan o‘ynaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov o‘ynayotgan Xitoyning "Chanchun Yatay" klubi tarkibini Angliya premer-ligasida to‘p surayotgan nigeriyalik hujumchi Odion Igalo bilan kuchaytiradigan bo‘ldi.

 

"Uotford" jamoasi 27 yoshli nigeriyalik hujumchi bo‘yicha xitoyliklarning taklifni qabul qildi. Futbolchining o‘zi esa "Chanchun Yatay" jamoasi bilan shaxsiy shartnomasini kelishib oldi.

"Chanchun Yatay joriy mavsumda APLda 20 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol urgan hujumchi uchun 20 million funt to‘laydigan bo‘ldi.

Hamyurtimiz Anzur Ismoilov "Chanchun Yatay" jamoasida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Shu paytgacha 158 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘qqizta gol urgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!