Argentinadagi turnirda bitta argentinalik tennischi qoldi
Buenos-Ayres shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 546 680 AQSh dollari bo‘lgan "Argentina Open - 2017" turnirida bosh sovringa da’vogarlar orasida bir nafar mezbon tennischi qoldi.
Chorak final uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:
Pablo Karreno-Busta (Ispaniya, 4) — Albert Ramos (Ispaniya, 5) 6:3 4:6 6:4
Aleksandr Dolgopolov (Ukraina) — Gerald Meltser (Avstriya) 7:5 6:4
Key Nisikori (Yaponiya, 1) — Joau Souza (Portugaliya, 6) 6:1 6:4
Karlos Berlok (Argentina, WC) — Tyago Monteyro (Braziliya) 3:6 6:2 6:3

Yarim final juftliklari bilan tanishing:
Pablo Karreno-Busta (Ispaniya, 4) — Aleksandr Dolgopolov (Ukraina)
Key Nisikori (Yaponiya, 1) — Karlos Berlok (Argentina, WC)

Fikrlar