Armen Bagdasarov 8dan qora belbog‘ sohibiga aylandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shu yilning 28 avgustidan 3 sentyabrigacha Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati bahslari o‘tkaziladi.

Ushbu yirik musobaqa oldidan tashkilotning navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan tashkilot rahbarligiga saylov o‘tkazildi hamda dzyudodagi yangi qoidalar haqida savollar muhokama qilindi.

Quvonarlisi, ushbu tadbirda Atlanta olimpiadasi kumush medali sovrindori, ayni damda esa O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borayotgan Armen Bagdasarovga 8dan qora belbog‘ berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!