
"Arsenal" EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Venger "to‘pchilar" safida yana 2 yil qoladi
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Arsen Venger bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
The Sun nashrining xabar berishicha tomonlar o‘zaro ikki yillik shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Aytish lozimki, agar "Arsenal" joriy mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa bu kelishuv amalga oshmasligi ham mumkin.
Ma’lumot uchun, Vengerning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida nihoyasiga etadi. Ayni damda "Arsenal" premer-ligada 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar