"Arsenal" O‘zilga o‘rinbosar topdi

  • 26 fevral, 2019, 12:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi asli "Portu"ga tegishli bo‘lgan, ammo, mavsumni "River Pleyt" safida ijara asosida o‘tkazayotgan yarim himoyachi Xuan Kintero jiddiq qiziqish bildira boshladi.

Tecno

Ispan nashrlarining yozishicha 26 yoshli kolumbiyalik futbolchi “kanonirlar” safida mavsum yakunlangach jamoani tark etishi kutilayotgan Mesut O‘zilning o‘rnini egallashi mumkin.

Ma’lumot uchun, Kintero joriy mavsum "River Pleyt" safida 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 22 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!