"Arsenal" O‘zilni qanchaga sotmoqchi?

  • 09.12.2018 18:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Daily Express nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra 30 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga “Inter”dan jiddiy qiziqishlar bor. “Kanonirlar” esa uni 28 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, O‘zil “Arsenal” safiga 2013 yil “Real” Madriddan 47,5 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum jami 10ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!