"Arsenal" Shveytsariya terma jamoasi posboniga qiziqish bildira boshladi

  • 22 iyul, 2018, 15:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi darvozaboni Yann Zommer "Arsenal"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli shveytsariyalik posbonni shaxsan "kanonirlar" bosh murabbiyi Unai Emeri “Emireyts”da ko‘rmoqchi. Ta’kidlash lozimki, Zommerga shuningdek Kataloniyaning “Barselona” klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Peter Chex hamda David Ospina “Arsenal”dan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!