
"Arsenal" "Yuventus" qiziqayotgan Belerinning o‘rniga munosib nomzod topib qo‘ydi
Italiyaning “Udineze” klubi himoyachisi Silvan Vidmer faoliyatini “Arsenal” safida davom ettirishi mumkin.
TransferMarketWeb nashri tarqatgan xabarga qaraganda agar Ektor Belerin “kanonirlar” safidan ketsa, u holda London klubi aynan 24 yoshli shveytsariyalik futbolchiga taklif bilan chiqishadi.
Aytish kerakki, Vidmerning “Udineze” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Beleringa Turinning “Yuventus” jamoasi jiddiy qiziqib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar