
"Arsenal" ham Malkom uchun kurashga qo‘shildi
Londonning “Arsenal” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Malkom uchun kurash boshladi. Bu haqda Sport nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki 21 yoshli braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga o‘tgan yoz “Bordo”dan ko‘chib o‘tgan edi. Ammo, bosh murabbiyi Ernesto Valverde hozircha unga ishonch bildirayotgani yo‘q va shu bois Malkom asosan zaxirada qolib ketmoqda.
Bundan tashqari Malkomga shuningdek "Inter" va "Tottenxem" klublaridan ham jiddiy qiziqishlar mavjud. Jumladan “shporlar” ushbu futbolchi uchun “Barsa”ga 50 mln evro to‘lashga tayyor.
Fikrlar