“Arsenal” ikki futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

  • 17 iyul, 2018, 10:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” jamoasi yozgi transfer mavsumida hujumchi Denni Uelbek va darvozabon David Ospina bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, “Arsenal” bosh murabbiyi Unai Emeri yangi futbolchilarga 70 million evro sarflaganidan keyin klub rahbariyati tarkibdagi futbolchilar sonini kamaytirishni xohlamoqda.

Emeri “Bayer”dan Bernd Lenoni xarid qilganidan keyin Ospina xizmatlariga muhtojlik sezmayapti. Uelbek asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lmagani uchun ham uning xizmatlariga ehtiyoj sezilmayapti.  “Arsenal” tarkibida 4 yildan buyon to‘p surayotgan hujumchi raqiblar darvozasiga atigi 27 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!