"Arsenal" va "Tottenxem" Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi uchun kurash boshladi

  • 05.12.2018 18:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

JCh-2018da Kolumbiya terma jamoasi safida o‘zini ko‘rsatgan yarim himoyachi Xuan Kintero London grandlarining e’tiboriga tushdi.

Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Arsenal" va "Tottenxem" 25 yoshli futbolchi uchun kurash boshladi. Ular Kinteroni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Kintero asli "Portu" futbolchisi hisoblanadi. Mavsumni esa "River Pleyt" safida ijara asosida o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!