
"Arsenal" yozda ikkita yarim himoyachi sotib olishni maqsad qilmoqda
Londonning “Arsenal” klubi yozgi transferlar davrida o‘zining markaziy chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” mavsumlar oralig‘ida "Nitstsa"dan Jan-Mishel Seri va "Napoli"dan Jorjino kabi yarim himoyachilarni o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.
Qayd etish lozimki, yuqorida tilga olingan har ikkala futbolchiga "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi APLning boshqa bir grandlari ham kurash olib borishmoqda.
Fikrlar