Arshavinning goli eng chiroyli deb topildi (video)
Ayni damda Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasida faoliyat olib borayotgan Rossiya terma jamoasining sobiq sardori Andrey Arshavin kiritgan gol Olma Ota shahri jamaosining ortda qolayotgan mavsumning eng chiroyli goli deb topildi.
“Qayrat” klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, Arshavinning “Taraz” jamoasi darvozasiga kiritgan goli eng chiroyli deya e’tirof etilgan.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli xavbek o‘tgan mavsum “Qayrat” safida 28ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 8ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar