Ashxobod-2017: shaxmatchilarimizning shashti baland (foto)

  • 22 sentabr, 2017, 13:55
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

  Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida mamlakatimiz shaxmatchilari ham bahslarga kirishdi. 

Tecno

  1-turda Jahongir Vohidov tojikistonlik Alisher Karimovni mot qila oldi. Yosh shaxmatchimiz Alisher Begmuratov xitoylik Xalqaro grossmeyster Van Yuzga ro‘baru keldi. Partiya Van Yuz g‘alabasi bilan yakun topdi.

  Ayollar Xalqaro grossmeysteri Gulruhbegim Tohirjonova ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Yana bir vakilamiz Xalqaro master Nodira Nodirjonovaga ham omad kulib boqdi.

  Kecha kunning ikkinchi yarmida navbatdagi tur o‘yinlariga ham start berildi. Hamyurtlarimiz Jahongir Vohidov hamda Alisher Begmuratov durangga imzo chekdi. Gulruhbegim o‘yinni durang bilan yakunlagan bo‘lsa, Nodira mag‘lubiyatga uchradi.

  Musobaqalar davom etmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!