Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Vlada Isroil sharafini munosib himoya qilmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonda mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi tennis turnirida chorak final bahslari boshlandi.

Unda asli o‘zbekistonlik bo‘lgan biroq 2016 yildan beri Isroil sharafini himoya qilayotgan Vlada Ekshibarova qozog‘istonlik Dariya Detkovskayani 7:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Afsuski, tennischimiz Albina Xabibulina chorak finalda rossiyalik Dariya Lodikovaga qarshi kortga chiqib, 6:7, 0:3 hisobi qayd etilayotgan bir paytda o‘yinni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.

Shu tariqa u yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!