"Atletiko" Kavani uchun PSJga 50 mln evro to‘lashga tayyor

  • 12 dekabr, 2018, 21:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi hamon PSJ forvardi Edinson Kavanini qo‘lga kiritish fikridan qaytmayapti.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 31 yoshli urugvaylik futbolchini qishki transferlar davrida sotib olishmoqchi va buning uchun parijliklarga naqd 50 mln evro to‘lashga tayyor. Madridliklar Kavanini qishda Xitoyga ketishni rejalashtirayotgan hujumchisi Diego Kostaga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kavaniga shuningdek "Chelsi", "Napoli" va "Real" klublaridan ham qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Kavani joriy mavsum PSJ safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!