
"Atletiko" forvardi mavsumni Bundesligada yakunlashi mumkin
"Atletiko" Madrid klubi hujumchisi Nikola Kalinichni Bundesligaga chorlashmoqda.
Bild nashri tarqatgan xabarga qaraganda Gelzenkirxenning "Shalke" klubi 31 yoshli xorvatiyalik futbolchini keyinchalik 15 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi bilan mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqchi.
Ammo, “matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaning asosiy hujumchisi Diego Kostaning jarohat olgani sabab Kalinichni ham tarkibda saqlab qolmoqchi.
Ma’lumot uchun, Kalinich joriy mavsum “Atletiko” safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar