"Atletiko" hujumchisi safdan chiqdi
"Atletiko" Madrid hujumchisi Nikola Kalinich jarohati sabab ma’lum muddatga safdan chiqdi.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi mashg‘ulotlar paytida jarohat olgan. Endi u tez orada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng uning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kalinich "Atletiko" safiga joriy yoz "Milan" klubidan 14,5 million evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar