Australian Open-2017: Istominning Melburndagi zafarli yurishi davom etadi
Yilning eng nufuzli tennis musobaqalaridan biri Australian Open-2017 o‘zbekistonlik Denis Istomin uchun omadli o‘tmoqda. Ayniqsa, musobaqaning ikkinchi saralash bosqichida hamyurtimiz jahonning №2 raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovichni sensatsion tarzda mag‘lub etib, muxlisu mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Uchinchi saralash bosqichida esa Istomin yana bir tajribali tennischi ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi kortga chiqdi.

Besh set davom etgan keskin va murosasiz bellashuvda Denis qiyin g‘alabaga erishdi. So‘nggi daqiqalargacha davom etgan kurashda 3 setni o‘z foydasiga hal qilgan tennischimiz 1/8 finalga yo‘l oldi.
AUSTRALIAN OPEN-2017
21.01.2017
Pablo Karreno-Busta (Ispaniya) - DENIS ISTOMIN (O‘zbekiston) - 2 : 3 (4:6, 6:4, 4:6, 6:4, 2:6).
Shunday qilib, Istomin endi 1/8 finalda birozdan so‘ng start oladigan bolgariyalik Grigor Dmitrov (№15) va frantsiyalik Richard Gaske juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar