
“Australian open-2017”: Tennischi qizlar bahsida ham sensatsiya yuz berdi
Melburn shahri mezbonlik qilayotgan mukofot jamg‘armasi 36 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida ham kutilmagan natija qayd etildi.
Musobaqada uchinchi raqamda saralangan va bosh sovringa asosiy da’vogarlardan hisoblangan polshalik Agneshka Radvanska musobaqani erta tark etadigan bo‘ldi.
Xorvatiyalik Miryana Luchich-Baroni bilan bellashgan Agneshka Radvanska kutilmaganda 6:3, 6:2 hisobida taslim bo‘ldi.
Ikkinchi davraning qolgan natijalari quyidagicha yakunlandi:
Karolin Garsiya (Frantsiya, 21) — Osean Doden (Frantsiya) 6:7 6:4 6:4
Elena Ostapenko (Latviya) — Yuliya Putintseva (Qozog‘iston, 31) 6:3 6:1
Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya, 9) — Naomi Osaka (Yaponiya) 6:4 6:2
Dominika Tsibulkova (Slovakiya, 6) — Se Shuvey (Xitoy Tapeyi) 6:4 7:6
Karolina Voznyatski (Daniya, 17) — Donna Vekich (Xorvatiya) 6:1 6:3
Elena Vesnina (Rossiya, 14) — Mendi Minella (Lyuksemburg) 6:3 6:3
Jennifer Breydi (AQSh, Q) — Xiter Uotson (Buyuk Britaniya) 2:6 7:6 10:8
Barbora Stritsova (Chexiya, 16) — Andrea Petkovich (Germaniya) 6:0 7:5
Nikol Gibbz (AQSh) — Irina Falkoni (AQSh) 6:4 6:1
Mariya Sakkari (Gretsiya) — Alize Korne (Frantsiya, 28) 7:5 4:6 6:1
Darya Gavrilova (Avstraliya, 22) — Ana Konyux (Xorvatiya) 6:2 1:6 6:4
Timya Bachinski (Shveytsariya, 12) — Danka Kovinich (Chernogoriya) 6:1 7:6
Miryana Luchich-Baroni (Xorvatiya) — Agneshka Radvanska (Polsha, 3) 6:3 6:2
Serena Uilyams (AQSh, 2) — Lyusi Shafarjova (Chexiya) 6:3 6:4
Fikrlar