Ayollar futboli. U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur’a tashlandi

  • 30 may, 2018, 13:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

2019 yil Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan 16 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatining saralash bosqichiga qur’a tashlandi. 

Ushbu saralash bosqichida U-16 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy, Iordaniya, Guam hamda Shri-Lanka terma jamoalari bilan A guruhidan joy oldi.

Saralash o‘yinlari 2018 yil 15 sentyabr kunidan 23 sentyabr kuniga qadar Shri-Lankaning poytaxti Kolombo shahrida bo‘lib o‘tadi.

Quyida qur’a natijalari bilan tanishishingiz mumkin:

"A" guruhi: Xitoy, O‘zbekiston, Iordaniya, Guam, Shri-Lanka

"V" guruhi: Laos, Hindiston, Gonk-Kong, Pokiston, Mo‘g‘uliston

"S" guruhi: Tailand, Eron, Shimoliy Mariana orollari, Singapur, Tojikiston

"D" guruhi: Avstraliya, Xitoy Taypetsi, Qirg‘iziston, Falastin, Indoneziya

"E" guruhi: Filippin, Myanma, Malayziya, Nepal, Suriya

"F" guruhi: Bangladesh, Vetnam, BAA, Bahrayn, Livan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!