Aziz Abdug‘ofurov "WBC Silver" kamarini himoya qiladi
Iqtidorli bokschimiz Azizbek Abdug‘ofurov (11-0-0) 18 noyabr kuni Filippinda o‘tadigan professional boks kechasida ringga ko‘tariladi.
Azizbek super o‘rta vazn toifasida xitoylik Vujati Nurlangga (11-1-0) qarshi "WBC Silver" kamari uchun jang o‘tkazadi.
Mazkur jangda professional ringda mag‘lub bo‘lmay kelayotgan A.Abdug‘ofurovga omad tilaymiz.

Fikrlar