BMW turnirida kuchlilar saralanmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


 

Germaniyaning Myunxen shahrida erkaklar o‘rtasida tennis bo‘yicha "BMW Open - 2017" turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 524 867 AQSh dollari bo‘lgan ushbu musobaqada g‘olibga BMW amvtomobilining eng so‘nggi rusumdagi mashinalaridan biri ham taqdim etiladi. Ayni paytda chorak finalga yo‘llanma olgan dastlabki to‘rt tennisning nomi ma’lum bo‘ldi.

Ayniqsa, saralashdan chiqqan mezbon tennischi Yannik Xanfmanning kuchli raqib – Tomas Beluchchini mag‘lub etgani muxlislarga manzur bo‘ldi.

Natijalar bilan tanishing:

Yannik Xanfman (Germaniya, Q)     — Tomas Belluchchi (Braziliya, 8)   7:6  4:6  7:5    

Roberto Bautista-Agut (Ispaniya, 2)        — Mariush Kopil (Rumyniya)        4:6  7:6  7:5    

Yan-Lennard Shtruff (Germaniya, 7)          — Tommi Xaas (Germaniya, SR)      6:4  7:5           

Aleksandr Zverev (Germaniya, 3)    — Jeremi Shardi (Frantsiya)        6:4  6:4           

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!