
Bahrom Haydarov: Endi ishlarimiz yaxshilanib ketsa, ajab emas
"Jamoalar musobaqa jadvalining nechanchi o‘rnida borishidan qat’iy nazar, "Neftchi" hamda "Navbahor"ning o‘zaro o‘yini hamisha ko‘pchilikning diqqat markazida o‘tib kelgan. Jamoalar hamisha ishqibozlarga shiddatli to‘qnashuvlar taqdim etib kelishgan. Bugungi o‘yinni biroz bosim ostida boshladik. O‘yin startida "Navbahor" tashabbusni qo‘lga olishga urindi. Lekin yigitlar bosimni enggib o‘ta olishdi va bugun birinchi g‘alabamizga erishdik. Bu oldinga qo‘yilgan qadam.
Endi muxlislar kutayotganidek sekin-asta ishlarimiz yaxshilanib ketsa ajab emas. Bundan keyin faqat g‘alabalarga erishishga harakat qilamiz", - dedi mutaxassis.
Fikrlar