Bahrom Haydarov: Umidimiz katta edi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Superliga 13-turidan o‘rin olgan "Neftchi" – "So‘g‘diyona" (0:2) bahsidan so‘ng farg‘onaliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun bizga omad etishmadi. Bahsdan umidimiz katta edi va g‘alabani ko‘zlagan edik. Afsuski, ko‘zlagan maqsadimizga erisha olmadik. Yigitlar bor kuchlari bilan harakat qilishdi.

"So‘g‘diyona" esa o‘z hujumlaridan samarali foydalandi. Baribir olg‘a intilamiz. Endi e’tiborimizni galdagi bahslarga qaratamiz" - deb qisqacha fikr bildirdi Haydarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!