Bakka nega "Vilyarreal"ni tanlaganini aytdi

  • 23 avgust, 2018, 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumlar oralig‘ida Ispaniyaning “Vilyarreal” klubiga ko‘chib o‘tgan kolumbiyalik forvard Karlos Bakka nega ayna ushbu jamoani tanlaganini aytib o‘tdi.

“Hali jahon chempionati boshlanmasdan turib “Vilyarreal”ga qaytishimni sezardim. Menga ko‘plab takliflar bo‘ldi, ular orasida xatto Chempionlar ilagsida ishtirok etadigan jamoalar ham bor edi. Ammo, “Vilyarreal”ga o‘tishmni oilam istadi. Bundan tashqari men ushbu jamoada yana avvalgidek yuqori darajada to‘p sura boshlagan edim. Men “Milan”da qolishim ham mumkin edi. Gattuzo va Leonardo meni jamoada qolishimni istashdi. Ammo, men ketishga qaror qildim”, - deydi Bakka.

Eslatib o‘tamiz, “sariq suv osti kemasi” Bakkani joriy yoz “rossonirelar”dan 7 million evroga xarid qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!