
Balotelli bilan xayrlashayotgan "Nitstsa" mashhur darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Yaqindagina "Nitstsa" klubi bosh murabbi etib tayinlangan Patrik Viera yangi jamoasiga "Manchester Siti" darvozaboni Jo Xartni olib kelmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Xosep Gvardiola “shaharliklar” boshqaruviga kelganidan so‘ng “ko‘chada qolgan” 31 yoshli darvozabon katta ehtimol bilan mavsumlar oralig‘ida “Siti” bilan kelishuvni bekor qiladi va o‘ziga yangi jamoa qidiradi.
Eslatib o‘tish lozimki, Xart so‘nggi ikki mavsumni “Torino” va “Vest Xem” klublarida ijara asosida o‘tkazdi.
Fikrlar