Balotelli uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi

  • 16 yanvar, 2019, 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Nitstsa" klubi hujumchisi Mario Balotelli uchun kurashga "Jenoa" ham qo‘shildi. Bu haqda beIN Sports nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra genuyaliklar 28 yoshli italiyalik futbolchini joriy qishki transferlar chog‘idayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Gap shundaki, “Jenoa” Balotellini “Roma” va “Milan” klublari jiddiy xaridor bo‘layotgan hujumchisi Kshishtof Pentekning o‘rniga munosib ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Balotelli “Marsel”ga o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Ammo tomonlar hozircha maosh borasida kelisha olishmayapti.

Ma’lumot uchun, Mario Balotelli faoliyati davomida "Inter", "Manchester Siti", "Milan" va "Liverpul" kabi klublarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!