
Balotelli uchun yana bir klub kurashga qo‘shildi
Italiyalik mashhur jurnalist Janluka Di Martsio tarqatgan xabarga ko‘ra "Nitstsa" forvardi Mario Balotelli uchun kurashga yana bir asosiy nomzod qo‘shildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra yaqindagina Italiya terma jamoasiga qaytgan 27 yoshli futbolchiga “Marsel” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Biroq, qayd etish lozimki Balotelli uchun shuningdek A Seriya grandlaridan ham takliflar bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Marioning “Nitstsa” bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning 30 iyun sanasida o‘z nihoyasiga etadi va shundan so‘ng u erkin agentga aylanadi.
Fikrlar