
Barkamol avlod-2017. Futbol. Qashqadaryo finalda!
Xabaringiz bor, Jizzax viloyatida ko‘tarinki ruhda o‘tayotgan “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalaridan o‘rin olgan futbol bo‘yicha musobaqa davom etmoqda.
Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan saralash bahslarida yuqori to‘rtlikdan o‘rin olgan Qashqadaryo, Toshkent,Farg‘ona, Xorazm.jamoalari respublika final yo‘llamasiga ega bo‘lgandi.
Kecha qu’ra natijasiga ko‘ra, to‘rt jamoa dastlabki bahslarga kirishdi:
Nurali Sultonov shogirdlari qashqadaryolik yosh futbolchilar xorazmlik tengdoshlariga qarshi maydonda o‘zora bahs olib borishdi. Qiziqarli kechgan mazkur o‘yinda vohalik charm to‘p ustalari raqiblariga nisbatan tajriba bobida ancha ustun ekanligini butun o‘yin davomida isbotlashdi. Ular xorazmliklar darvozasiga javobsiz besh bor ishg‘ol etishdi. Gollarni Dilshod Saitov ikki bor to‘p kiritib dublga erishgan bo‘lsa, Islom Kenjaboev, Xudoyorxon Sag‘dullaev va Mirzabek Joniqulovlarning bittadan kiritgan gollari hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Shu tariqa, Qashqadaryoliklar ishonchli g‘alabadan keyin finalga yo‘l olishdi.
Qashqadaryo –Xorazm 5-0
Gollar: Dilshod Saitov 2ta, Islom Kenjaboev, Xudoyorxon Sag‘dullaev, Mirzabek Joniqulov.
Qashqadaryo viloyati terma jamoasi tarkibi:
Umidjon Ergashev, Islom Kenjaboev, Abubakr Turdialiev, Sherzod Nasrullaev, Sardorjon Abduholiqov, Dilshod Saitov, Elshod Qodirov, Akmal Mozgovoy, Sardor Sadullaev, Yodgor Nazarov, Xusniddin Aliqulov, Navro‘zjon Saidov, Mirzabek Joniqulov, Ilxomjon Alijanov, Xudoyorxon Sag‘dullaev.
Jamoa murabbiyi: Nurali Sultonov.
Ikkinchi o‘yinda Farg‘ona terma jamoasi Toshkent termasiniga xech qanday imkoniya qoldirishmadi. Xisob 2:0. 27 may kun soat 9:00da Farg‘onalik fubolchilarga qarshi Qashqadaryo terma jamoasi musobaqa bosh sovrini uchun o‘zaro kurash olib borishadi.
Faxriddin Choriev.
Fikrlar