"Barsa"ning sobiq murabbiyi: Hakamning xatosi tufayli "Atletiko" chempion bo‘lgan

"Barselona" klubini 2013/14 futbol mavsumida boshqargan Xerardo Martinoning assistenti Elvio Paolorroso Madridning "Atletiko" klubi bilan (1:1) bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing 38-turi doirasida "Barsa" "Kamp Nou"da Diego Simeonening shogirlari bilan kuch sinashishgandi. Bahsning 64-daqiqasida referi Lionel Messining golini o‘yindan tashqari holatda urgani uchun bekor qilgandi.

O‘yin durang natija bilan yakunlangandi va ochkolar soni bo‘yicha Madridliklar chempionlikni qo‘lga kiritishgandi.

Aytib o‘tish joizki, uchrashuvni Mateu Laos boshqarib borgan. 

- Messining goli bizga chempionlikni olib kelishi mumkin edi, biroq referining qarori hamma narsani o‘zgartirdi.

Bilasizmi, kiyinish xonasida biz ko‘z yosh to‘kkan bir paytda, Laos kirib bizdan kechirim so‘ragan, - deya Elvioning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!