"Barselona" PSJ futbolchisiga 10 mln evro maosh bermoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Pari Sen-Jermen” klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo qishki transferlar mavsumida “Barselona” a’zosiga aylanishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, katalon klubi yiliga 10 mln evro maosh va yana shuncha miqdorda bonusli shartnoma taklif qilgan.

23 yoshli frantsiyalik futbolchining PSJ bilan tuzgan amaldagi kelishuvi mavsum oxirida yakuniga etadi va Rabo parijliklar bilan yangi shartnoma bo‘yicha biror qarorga kelganicha yo‘q.

“Barselona” yanvarda bu futbolchi uchun yaxshigina pul to‘lashni rejalashtirgan, PSJ Raboni shartnomasi yakuniga qadar ushlab qolishni maqsad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
28/12/2018 22:47
Псж уйинчилари 10 млн кунмайди.