"Barselona" Pogbaga Inestaning raqamini bermoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi bo‘lajak supertransfer egasiga ayni damda Yaponiya chempionatida to‘p surayotgan afsonaviy yarim himoyachisi Andres Inestaning 8-raqamini berishga tayyor.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu futbolchi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba bo‘lishi mumkin. “Ko‘k-anor ranglilar” 25 yoshli frantsuzning transferi borasida juda faol ishlar olib borishmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda kataloniyaliklar sport direktori Erik Abidal Pogba bilan bu borada gaplashgan va unga 8-raqamni va’da qilgan. O‘z navbatida u ham “Kamp Nou”ga o‘tishga rozilik bildirgan.
Fikrlar