"Barselona" Raboni sotib olsa, Rakitich jamoadan ketishi mumkin
“Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitich mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin.
Gap shundaki, agar kataloniyaliklar PSJ xavbeki Adrien Raboni sotib olishsa, u holda xorvatilik futbolchini sotib yuborishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, Rakitichning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar