
“Barselona” Villian borasida "Chelsi"ga uchinchi taklifini ham yubordi
“Barselona” hamon “Chelsi” yarim himoyachisi Villianni sotib olish fikridan qaytmayapti.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 29 yoshli braziliyalik futbolchining transferi borasida “aristokratlar”ga o‘zlarining uchinchi takliflarini ham yuborishgan. Unga ko‘ra “Barsa” “Chelsi”ga 60 mln evro va’da qilgan. Biroq, London klubi Villianni 70 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
“Ko‘k-anor ranglilar” ustozi Ernesto Valverde esa shaxsan Villinni “Kamp Nou”ga olib kelishni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, Villian o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 55ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar