
"Barselona" hujumchisi yozda jamoani tark etishi mumkin
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun 2019 yilning yozida nihoyasiga etadigan shartnomasini uzaytirishni istamayapti.
Unga «Alaves», «Betis», «Selta», «Shalke-04», «Marsel», «Vest Xem Yunayted» va «Napoli» kabi jamoalardan qiziqish bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Munir "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Joriy mavsumda u Ispaniya La Ligasida 7 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 gol kiritib, yana bir golga assistentlik qildi.
Fikrlar