"Barselona"dagilar Messini 40 yoshgacha o‘ynashiga ishonishmoqda

  • 03.09.2018 20:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi rahbariyati jamoa sardori Lionel Messining 40 yoshgacha futbol o‘ynay olishiga ishonishmoqda.

Le 10 Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklarning transfer komissiyasi a’zosi Ariedo Brayd bu borada jumladan shunday deydi: “U yaqin kelajakda futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayotganiga ishonamiz. U – noyob chempion va hali yosh. Menimcha u xuddi Franchesko Totti singari 40 yoshgacha o‘ynay oladi. Biz umuman unga o‘rinbosar topish haqida o‘ylamaymiz, chunki u almashtirib bo‘lmas futbolchi”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!