"Bavariya" Robben va Riberiga o‘rinbosarni Frantsiyadan topdi

  • 27.09.2018 22:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi "Marsel" vingeri Florian Tovenning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda fichajes.com sayti xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra nemis grandi faoliyatini yakunlash arafasida turgan etakchilari – Aren Robben va Frank Riberilarning o‘rniga aynan 25 yoshli frantsiyalik futbolchini munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Toven joriy mavsum “Marsel” safida jami 8ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!