
"Bavariya" etakchilaridan biri "Liverpul"ga qarshi javob bahsini o‘tkazib yuborishi mumkin
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Kingsli Koman kecha “Gerta”ga (1:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan edi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha 22 yoshli futbolchi son mushaklaridan jarohat olgan. Ular Komanning qachon safga qaytishi haqida ma’lum qilishmagan.
Biroq, Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra futbolchi kamida 2-3 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin. Shu bois uning 13 mart kuni “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL 1/8 final javob bahsida ishtirok etishi ham so‘roq ostida qolmoqda.
Ma’lumot uchun, Kingsli Koman joriy mavsum “Bavariya” safida jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar